Yevropa Ittifoqi o'zining eng yirik ta'lim dasturi Erasmus uchun mablag' tugab borayotganini e'lon qildi.
Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar va qo'shni davlatlar o'rtasida o'zaro talabalar almashinuvini ta'minlaydigan dastur, agar a'zo davlatlar Yevropa Ittifoqiga mablag' o'tkazmasa, kelgusi yildan keyin ham davom eta olmaydi.
Turkiya dasturdan eng ko'p foyda ko'radigan mamlakatlardan biridir. O'tgan yili 10 000 dan ortiq turk talabasi Erasmus orqali Yevropada tahsil oldi va 4,288 yevropalik talaba Turkiyada o'qishni tanladi.
(Hurriyet Daily News)


